Yaponiya hukumati yadro sinovi va ballistik raketa uchirilishi munosabati bilan KXDRga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yaqinda qabul qilingan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi asosida kengaytirdi. Bu haqda Kyodo agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Sanksiyalar KXDRdan qimmatbaho metallarni Yaponiyaga kiritishni taqiqlovchi moliyaviy choralar hisobiga kengaytirilgan. Avval bu choralar qimmatbaho metallarni faqat KXDRga eksport qilishga taalluqli edi.
Bundan tashqari, ro‘yxatga 12 ta tashkilot va 16 nafar jismoniy shaxs kiritilgan. Ularga nisbatan barcha moliyaviy operatsiyalar muzlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya KXDRga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar joriy etganligi haqida ma’lum qilingan edi. Sanksiyalar Shimoliy koreyalik fuqarolarning mamlakatga kirishiga taqiqni hamda KXDR kemalari uchun Yaponiya portlarining to‘liq yopilishini nazarda tutgan edi.
Izoh (0)