O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Shvetsiyaning Yonkoping shahrida davom etayotgan hamda sovrin jamg‘armasi 42500 yevroni tashkil qiluvchi “Chellenjer” turkumidagi tennis turnirida o‘z ishtirokini yakunladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
O‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davra uchrashuvida fransiyalik Tristan Lamasinga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 7 daqiqa davom etgan bellashuvda 3:6, 7:6, 4:6 hisobi qayd etilib, fransiyalik tennischining foydasiga hal bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, Farrux Do‘stov ATP reytingida 246, Tristan Lamasin esa 194-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Farrux Do‘stov ilk davrada Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichni 7:6, 6:2 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘zbekistonlik tennischi Yonkopingdagi turnirning juftliklar bahsini birinchi bosqichdayoq tark etgan.
Izoh (0)