Kecha, 10-mart kuni yoshlar ligasining 2-tur uchrashuvlariga start berildi. Unda Muborakning “Mash’al” yoshlar jamoasi Bekobodning “Metallurg” yoshlariga qarshi maydonga chiqdi. Bu haqda “Mash’al” klubi matbuot xizmatiga tayanib, “Stadion.uz” xabar beradi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida “Mash’al” a’zosi Ixtiyor Toshpo‘latov hisobni ochishga erishdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Shohrux Dostonov hisobni oshirishga muvaffaq bo‘ldi – 2:0.
Uchrashuvning 86-daqiqasida Maradona Safarov mahorati evaziga himoyachilarni ortda qoldirdi va “Mash’al”ning uchinchi goliga mualliflik qildi. Oradan bir daqiqa o‘tib Maradona Safarov yana bir bor gol kiritib, jamoasining yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
“Mash’al” yoshlari 3-turni safarda, “Bunyodkor” yoshlariga qarshi o‘tkazadi.
Yoshlar ligasi, 2-tur
Izoh (0)