AQShning Missisipi shtatida qamoqxonadan qochib ketgan retsidivist jinoyatchi 10-mart, payshanba kuni bir necha soat davomida uch kishidan iborat oilani garovda ushlab turdi. Oqibatda u er-xotin tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda Viksburg shahri politsiyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Jinoyatchining shaxsi aniqlandi. U 34 yoshli Rafael Arnes Maklaud bo‘lib, qamoqxonadan qochganligi uchun bir haftadan ortiq vaqtdan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Politsiyaning ma’lumotlariga qaraganda, pichoq bilan qurollangan Maklaud uch kishi — ota, ona va besh yoshli o‘g‘ildan iborat oilani garovga olgan. Oila boshlig‘i ozod bo‘lishga erishgan, biroq jinoyatchi bilan olishuvda yelkasidan qattiq yaralangan. Bolaning onasiga ular qamab qo‘yilgan hammomdan chiqishga ruxsat berilganda, u to‘pponcha bilan qaytgan va jinoyatchiga qarata o‘q uzgan.
Ayol va bola jabrlanmagan. Oila boshlig‘ining jarohatlari uning hayoti uchun xavf tug‘dirmaydi.
Maklaud o‘ta xavfli jinoyatchi hisoblanib, o‘tgan yilning iyun oyida 69 yoshli ayolni shafqatsizlik bilan o‘ldirganligi uchun qamoqqa olingan edi.
Izoh (0)