2016-yilning 17—20-mart kunlari AQShning Portlend shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlarda o‘tkaziladigan qishki Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston sharafini xalqaro toifadagi sport ustasi, o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Svetlana Radzivil himoya qiladi. U balandlikka sakrash sektorida ishtirok etadi. Ayni paytda tajribali sportchi bo‘lajak nufuzli musobaqaga so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Mazkur Jahon chempionatida dunyoning 150 dan ziyod davlatidan 600 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Qayd etish joiz, bugungi kunga kelib o‘zbekistonlik yengil atletikachilar XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga 8 ta yo‘llanmani naqd qilib qo‘ygan.
Izoh (0)