Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, “Kamolot” YoIH BT, Xotin-qizlar Qo‘mitasi hamda “Mahalla” telekanali hamkorlikda institut madaniyat saroyida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami, shuningdek, Sog‘lom ona va bola yiliga bag‘ishlangan “Mahallamiz malikasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda institut “Daryo”ga xabar qildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzi, bolalar tarbiyasi, orastalik va oilada o‘zaro hurmat, muhabbat, talaba-qizlarni oilaga tayyorlash va ular o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan yetti nafar go‘zal iste’dod sohibasi erishgan yutuqlari, sport sohasi, pazandalik sirlari, kuy va qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlaridan iborat shartlar bo‘yicha bellashib, o‘z iqtidorlarini namoyon etdi.
Bellashuvning eng zukko va dono ishtirokchisi Sarvinoz Ro‘zmetova “Mahalla malikasi” nomiga munosib deb topildi.
Barcha ishtirokchilar institut rahbariyati va “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)