Kecha, 8-mart kuni barcha ijtimoiy tarmoqlardagi asosiy mavzu ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklash bo‘ldi. Ammo londonlik qiziqchi va yozuvchi Richard Xerring kunini boshqa narsaga sarfladi, deb yozadi TJournal.
U Twitter’da kuni bo‘yi o‘tirib, Xalqaro erkaklar kuni ham nishonlanishini muntazam ravishda eslatib bordi. O‘zining bu aksiyasini yozuvchi bir kun muqaddam — 7-mart kechasi boshlab, 8-martda davom ettirdi.
Xerring keyingi yil ham shu ish bilan shug‘ullanishini, o‘z aksiyasini butun dunyo erkaklar kunini yodda tuta boshlaganidan keyingina to‘xtatishini ma’lum qildi.
Har yilning 19-noyabrida dunyoning ko‘pgina davlatlarida Xalqaro erkaklar kuni (International Men’s Day) nishonlanadi. U ilk bor 1999-yilda Trinidad va Tobagoda nishonlangan.
Izoh (0)