Vermont shtati senatori Berni Sanders Kanzas va Nebraskadagi kokuslarda asosiy raqibi, AQShning sobiq bosh kotibi Hillari Klintonni yutib chiqdi. Bu haqda CBS News xabar beradi.
Bir vaqtning o‘zida Luiziana shtatida Klinton katta farq bilan Sandersdan ilgarilab ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, senatorning 21 foiziga qarshi Klinton 72 foiz natijaga erishgan.
5-mart, shanba kuni AQShning bir yo‘la uchta shtati — Kanzas, Nebraska va Luizianada demokratlar AQSh prezidentligiga nomzodlar uchun ovoz berdi.
Izoh (0)