Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi hayvonot bog‘iga olib kelingan to‘rt yoshli bo‘g‘ma ilon bu yerning sovuq havosiga bardosh bera olmay, zotiljamga chalindi. TJournal saytining yozishicha, sudraluvchi jonivor davolanish uchun bug‘li ingalyatsiyalar hamda solyariy ichida quyosh vannalari qabul qiladi.
Solyariyni maksimal darajada tabiiy shart-sharoitlarga moslashtirish maqsadida uning ichiga ilon isinadigan tosh qo‘yiladi. Ingalyatordan esa bo‘g‘ma ilon kuniga besh soat foydalanadi. Bundan tashqari, jonivorning muskullari ichiga vitaminlar emlanadi.
Aytilishicha, bir haftalik davolanish kursi samara berib, ilon tuzala boshlagan, lekin bundan buyon profilaktika maqsadida u muntazam ravishda quyosh vannalari qabul qiladi.
Izoh (0)