Gonduras poytaxti Tegusigalpada sodir bo‘lgan otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea shaharning shimoli-sharqiy qismida ro‘y berdi. Politsiya libosidagi besh nafar noma’lum shaxs bilyardxonalardan biriga mashinada yaqinlashib, AK-47 avtomatlaridan o‘t ochdi. Sakkiz kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonada olamdan o‘tdi.
Gondurasda har kuni o‘rtacha 16 marta qotillik yuz beradi. Ularning aksariyati narkobiznes va tovlamachilik bilan bog‘liq bo‘ladi.
Izoh (0)