AQShning Jorjiya shtatidagi Atlanta shahrida joylashgan Street Execs ovoz yozish studiyasi yaqinida 4-mart kuni Bankroll Fresh taxallusi ostida rep o‘qigan ijrochi Trentavius Uayt o‘ldirib ketildi. Bu haqda, Associated Press xabariga asoslanib, “Gazeta.ru” yozmoqda.
Shahar politsiyasining ma’lum qilishicha, tergov ishlari boshlab yuborilgan. Studiya atrofida va ichkarisida 50 tacha gilza topilgan.
Trentavius Uayt 28 yoshda bo‘lib, o‘z ijodini ikki yil muqaddam boshlagan edi. Uning taxalluslari — Bankroll Fresh va Yung Fresh.
Izoh (0)