Maxsus effektlar bo‘yicha ekspert hamda “Yulduzlar jangi” filmidagi R2-D2 roboti yaratuvchisi Toni Dayson Gozo oroli (Malta)dagi uyida o‘lik holda topildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Daysonning jasadida g‘ayritabiiy o‘lim belgilari aniqlanmagan. Uning vafoti sababi murda yorib ko‘rilgach, ma’lum bo‘ladi.
Toni Dayson “Yulduzlar jangi” filmi uchun ikkita robot yasagan, ular aktyor Kenni Beyker tomonidan “jonlantirilgan”. Maxsus effektlar ustidagi ishi uchun Dayson Emmy mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Shuningdek, u “Supermen-2”, “Oy poygachisi” kabi filmlar ustida ham ishlagan.
Izoh (0)