Qatarning beIN Media Group kompaniyasi Amerikaning Miramax kino ishlab chiqaruvchisini sotib oldi, deb yozadi Meduza. Qaror haqida 2-mart kuni e’lon qilindi.
Miramax rasmiy vakili Ket Klayner oldi-sotdi shartlariga aniqlik kiritishdan bosh tortdi.
beIN Media Group rahbari Nasser Al-Xelaifiy Miramax’ni xarid qilish kompaniyani kengaytirish bo‘yicha rejalar doirasida amalga oshganini aytdi.
Miramax kompaniyasiga 1979-yilda asos solingan. U 2010-yilda Walt Disney Company’dan Colony Capital boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi tomonidan 660 million dollarga sotib olingan edi.
Izoh (0)