Chechenistonda bokschilar Ruslan Chagayev va Lukas Braun jangi oldidan ular sharafiga o‘tkazilgan ziyofatda Yulduz Usmonova qo‘shiq kuyladi, deb yozadi “Sayyod.com”.
Kechada Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov ham ishtirok etdi va xonandaning “Adoying bo‘lgaymiz sening, O‘zbekiston” qo‘shig‘i yangrayotgan chog‘ida uni olqishlab turdi, shuningdek, taronadan ta’sirlanganini turli xatti-harakatlari orqali ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Chagayev va Braun o‘rtasidagi jang 5-mart, shanba kuni Grozniydagi “Kolizey” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs Rossiyaning “Match TV” sport telekanali orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)