“Xabbl” teleskopi bilan ishlovchi astronomlar Yerdan 13,4 milliard yorug‘lik yiliga teng masofada joylashgan, Katta Ayiq yulduzlar turkumi yo‘nalishidagi galaktikani aniqladi. Bu haqda NASA’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
GN-Z11 deb nomlangan galaktika bugungi kungacha topilgan galaktikalar ichida eng qadimiysidir. U Katta Portlashdan keyin 400 million yil o‘tgach paydo bo‘lgan.
Tadqiqotning yetakchi muallifi Paskal Oyeshning ta’kidlashicha, “Xabbl” teleskopi tomonidan GN-Z11 galaktikasining topilishi katta muvaffaqiyat hisoblanadi. Teleskop ko‘p yillar davomida yerdagi eng yirik teleskoplar tomonidan masofa bo‘yicha o‘rnatilgan rekordlarni yangilashga erishdi.
Astronomlarning ta’kidlashicha, Jeyms Vebbning 2018-yilga rejalashtirilgan kosmik teleskopi uchirilgunga qadar, GN-Z11 dan uzoqroqda joylashgan galaktikalarni aniqlashning imkoni bo‘lmaydi.
Izoh (0)