G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida besh yoshli qizcha sumkaga o‘ralashib, bo‘g‘ilib qoldi va olamdan o‘tdi. Bu haqda Kazakhstan Today nashri yozmoqda.
Baxtsiz hodisa Chingirlau qishlog‘ida sodir bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, hafta boshida qizaloq uyda o‘ynab o‘tirib, eshik dastasida osig‘liq turgan sumkaga o‘ralashib qolgan. Bo‘g‘ilib qolgan qizaloqni qutqarishning iloji bo‘lmadi.
Politsiya buning baxtsiz hodisa bo‘lganini tasdiqladi.
Izoh (0)