Rossiyaning Bryansk viloyatida joylashgan Suraj shahrida quturgan it 18 kishini tishlab oldi. Bu haqda Rossiya tergov boshqarmasining hududiy bo‘linmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, quturgan itdan jabrlangan surajlik 18 nafar fuqarodan to‘rt nafari voyaga yetmagan shaxslardir.
Oqibatda hayvonni tutib olib, uxlatib qo‘yishgan. Veterinarlar unda quturish virusini aniqlagan.
Tergov tekshirishlari natijalariga ko‘ra, shahardagi daydi hayvonlarni tutish va saqlash uchun javobgar mansabdor shaxslarning faoliyatiga baho beriladi.
Izoh (0)