Atom energetikasi ustidan nazorat bo‘yicha Yaponiya davlat qo‘mitasi avariya holatidagi “Fukusima-1” atom elektr stansiyasi yaqinida “abadiy muzlik” devorini yaratish bo‘yicha ishlarni qisman boshlash uchun ruxsat berdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Bundan ko‘zlangan maqsad zararlangan suvning okeanga oqib ketishini kamaytirishdan iborat.
Stansiya xo‘jayini, Tokyo Electric Power energetika kompaniyasi bunday ishlarning qayta ko‘rib chiqilgan rejasini taqdim etishi kerak, shundan so‘ng unga loyihani amalga oshirish uchun yakuniy ruxsat beriladi.
Korporatsiya dastlab AESni okean sohilidan ajratuvchi “abadiy muzlik” devorini yaratishni taklif qilmoqda. So‘ng to‘siq bosqichma-bosqich tarzda tog‘lar tomonida ham barpo etiladi.
Bunday to‘siqlar stansiya hududiga yer osti suvlarining tabiiy oqimini cheklashga qaratilgan, ular AES hududida radioaktiv moddalar bilan zararlangan suv miqdorini ancha ko‘paytiradi. AESda uni doimiy ravishda nasos bilan tortib olib, tozalashadi, biroq hozircha suv miqdori sezilarsiz ravishda kamaymoqda.