London chekkasida mahalliy metroning “Vaterloo” bekatiga ko‘p qavatli uy qulashi modellashtirilgan to‘rt kunlik mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar “Yagona javob” degan nom oldi, ularda 250 nafar qutqaruvchi va shifokor hamda ikki mingga yaqin ko‘ngilli ishtirok etmoqda.
Mazkur mashqlar Yevropada qachondir o‘tkazilgan shunday tadbirlar orasida eng yirigi va mufassali bo‘lib, buning uchun London metrosi bekati va o‘likxona ko‘rinishi to‘liq ko‘lamda qayta yaratildi.Fotolavhalarda mashg‘ulotlar qutqaruv xizmatlarining hamkorlikda ish olib borishi mashqidan ko‘ra falokatlarga oid filmlar suratga olish jarayonini eslatadi.