“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya chempionati 27-turida “Arsenal”ga qarshi (3:2) kechgan o‘yinda to‘rtinchi hakam oldida yiqilganiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Men masxaraboz emasman. Mening ismim Lui van Gal. Men murabbiy va insonman. Bunday yiqilishlar mening falsafamning bir qismi hisoblanmaydi. Bu ishim o‘yin natijasiga ta’sir qildi, deb o‘ylamayman. Maydonda murabbiy emas, balki futbolchilar o‘ylashi kerak”, — deydi 64 yoshli gollandiyalik mutaxassis.
Lui van Galning hamkasbi Gus Xiddink uning hakam oldiga yiqilgan holatidan so‘ng u jismoniy tarbiya o‘qituvchisi kasbini o‘zlashtirgani haqida aytib o‘tgandi.
Izoh (0)