Angliyaning eng yirik beshta jamoasi – “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Siti” vakillari Yevropa Superligasi musobaqasini tashkil qilish borasida maxfiy muzokara o‘tkazdi, deya xabar beradi “Sports.ru”.
“MYu” vitse-prezidenti Ed Vudvord, “Chelsi” prezidenti Bryus Bak, “Arsenal” ijrochi direktori Ivan Gazidis, “Manchester Siti” ijrochi direktori Ferran Soriano hamda “Liverpul” ijrochi direktori Yan Eyr ushbu haftada amerikalik milliarder Stiven Ross bilan Londondagi “Dorchester” mehmonxonasida maxfiy ravishda muzokaralar o‘tkazib, UEFA Chempionlar Ligasi turnirini xavf ostiga solishi mumkin bo‘lgan Yevropa Superligasini tashkil qilmoqchi ekani ma'lum bo‘ldi.
Stiven Ross mamlakat chempionatida qayd etilgan natijadan qat’iy nazar, ishtirok etish mumkin bo‘lgan Yevropa Superligasini yaratmoqchi. Bunday musobaqa Angliya top-klublarini Chempionlar Ligasiga chiqa olmaslik orqali yo‘qotadigan daromadi oldini oladi. Ushbu musobaqa ingliz klublariga Chempionlar Ligasidagi ishtirokidan ko‘proq foyda olib kelishi ko‘zda tutilgan.
Amerikalik milliardek yangi loyihani ishga tushirish borasida tez kunlarda kelishib olishni rejalashtirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 75 yoshli Stiven Ross Milliy Futbol Ligasi (NFL—amerikacha futbol)ning “Mayami Dolfins” jamoasi rahbari hisoblanadi. Forbes jurnali uning moliyaviy holatini 12 milliard AQSh dollariga baholagan.
Izoh (0)