Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Viktor Yanukovichning advokati Vitaliy Serdyuk uning Ukrainaga prezident sifatida qaytish niyati borligini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Uning Ukrainaga qaytish niyati bor va buning uchun huquqiy xatti-harakatlar amalga oshirilmoqda. Yanukovich prezidentlik vakolatini zimmasidan soqit qilmagan va mamlakatni boshqarishdan o‘zini tortmagan. Uni hokimiyatdan chetlatish jarayonida Ukraina konstitutsiyasi qo‘pol ravishda buzilgan. Shuningdek, Yanukovich xalqaro qidiruvda emas va dunyo bo‘ylab emin-erkin harakatlanishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Serdyuk.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Interpol Yanukovichni qidirishga taalluqli bo‘lgan ma’lumotni vaqtincha olib tashlagani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar