O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova Avstraliyaning Mildura shahrida start olgan ITF turkumidagi, mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat musobaqaning yakkalik bahsida kutilmagan mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan 21 yoshli Abduraimova britaniyalik 18 yoshli Freya Kristiga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 34 daqiqa davom etgan bellashuvda o‘zbekistonlik tennischi 4:6, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova WTA reytingida 213, Freya Kristi esa 396-o‘rinda tasniflangan.
Nigina Abduraimova endilikda bor e’tiborini juftliklar musobaqasidagi ishtirokiga qaratadi. Chexiyalik Barbora Stefkova bilan tandem hosil qilgan o‘zbekistonlik tennischi juftliklar bahsining ilk davrasida Chi-Yu Su (Xitoy Taypeyi)/Riko Savayanagi (Yaponiya) duetiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)