1-mart O‘zbekistonda nafaqat bahor faslining kirib kelishi sanasi sifatida ardoqlanadi. Aynan shu kuni bir qator san’at arboblarining tavallud sanalari ham nishonlanadi. Shu munosabat bilan “Index.uz” bu atoqli shaxslarni yodga oldi.
Taniqli o‘zbek shoirasi va tarjimoni Zulfiya tug‘ilganiga 101 yil to‘ldi. Uning she’riyati o‘z vaqtida nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham katta shuhrat qozondi. Zulfiya yorqin san’atkor, inson qalbi bilag‘oni va ayollar huquqlari kurashchisi sifatida tanildi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi, bastakor Ikrom Akbarov hayot bo‘lganida, bugun 95 yoshga to‘lar edi. Uning “Navro‘z” simfoniyasi ayniqsa katta mashhurlikka erishgan. Akbarov merosi bugungi kunga qadar O‘zbekiston musiqa san’atida muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, shoir, publitsist, adabiyotshunos va tarjimon, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali 74-bahorini nishonlamoqda. 1992-yilda u “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga ega bo‘ldi, 1999-yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
Izoh (0)