Qrimning Simferopol tumanida yangi tug‘ilgan uch chaqaloqqa tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va 2032-yil uchun harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozlari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda, Qrim adliya vazirligi xabarnomasiga asoslanib, Meduza yozmoqda.
Bolalar “‘Rossiyaning shonli o‘g‘lonlari’ tug‘ilishini qayd qilish tantanali marosimi” deb atalgan aksiya doirasida chaqiruv qog‘ozlariga ega bo‘ldi.
Rossiyadagi Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu “marosimlar” Qrimdagi barcha FHDYo bo‘limlarida tashkil etilgan. Tadbirlarda mudofaa organlari xodimlari va jangovar harakatlarda qatnashgan faxriylar ishtirok etdi.
Ayni vaqtda, chaqiruv qog‘ozlari har bir yangi tug‘ilgan chaqaloqqa berilganmi yoki bu faqat Simferopol tumanida amalga oshirilganmi, Qrim Adliya vazirligi xabarida bunga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)