Kreml Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibi haqidagi bayonotlarda imkon boricha ehtiyotkorlikka chaqirаdi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Moskva kimnidir tinchlikni buzishda ayblashga shoshmaslik, bunga o‘ta ehtiyotkorlik, vazminlik bilan yondashishga chaqirgandi. Vaziyat hali barqaror emas, shu bois biz ushbu da’vatni yana takrorlashga majburmiz”, — deya ta’kidlagan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Rossiya va Suriya rasmiylarini o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzishda ayblagandi.
Izoh (0)