Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Stranja” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda -69 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Mahmud G‘oipov oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
O‘z tarixida 67-marotaba o‘tkazilayotgan musobaqada dunyoning 40 dan ziyod davlatidan 300 nafarga yaqin bokschi ishtirok etdi.
-69 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Mahmud G‘oipov mezbon bokschi Simeon Xamovga qarshi jang o‘tkazib, 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik bokschi Sardorbek Begaliyev -91 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)