Kecha, 28-fevral kuni Angliya Liga Kubogi finalida “Manchester Siti” va “Liverpul” klublari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda hisob o‘zgarmay qolgach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Uchrashuvning 49-daqiqasida Fernandinyo hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Filippe Koutinyo hisobni tenglashtirdi va asosiy vaqt shu hisobda yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa “Manchester Siti” 3:1 hisobida “Liverpul”dan ustun keldi va “shaharliklar” o‘z tarixlarida to‘rtinchi marta Liga Kubogida g‘oliblikka erishdi. Bunga qadar “Manchester Siti” 1970, 1976 va 2014-yillarda ushbu sovringa egalik qilgan.
Angliya Liga Kubogi. Final.
“Liverpul” – “Manchester Siti” – 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0)
Gollar: 0:1 – 49 Fernandinyo, 1:1 – 83 Koutinyo.“Liverpul” – Minyole, Sako (Ture, 25), Moreno (Lallana, 72), Klayn, Xenderson, Jan, Leyva, Koutinyo, Milner, Firmino (Oriji, 80), Starrij.
“Manchester Siti” – Kabalyero, Kompani, Klishi, Sanya (Sabaleta, 90), Otamendi, Fernandinyo, Fernando (Navas, 90), Ture, Silva (Boni, 110), Sterling, Aguero.
Penaltilar seriyasi: 1:3
Aniq zarbalar: Jan — Navas, Aguero, Ture
Noaniq zarbalar: Leyva, Koutinyo, Lallana — Fernandinyo
Ogohlantirishlar: Klayn (53), Moreno (65), Fernando (76), Koutinyo (84), Jan (85), Kompani (87), Otamendi (109), Ture (118), Lallana (118), Fernandinyo (118).
Izoh (0)