2016-yilning 24–28-fevral kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida pauerlifting bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida ikki nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi sovrindorlar safidan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Erkaklar o‘rtasida -107 kilogramm vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nuritdin Davlatov 194 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi va bronza medali sohibi bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasida -49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Ro‘za Qo‘ziyeva 92 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, Jahon kubogining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish joiz, yaqinda BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqasida ham Ro‘za Qo‘ziyeva bronza medali sohibi bo‘lgandi.
Izoh (0)