28-fevralga o‘tar kechasi “Barselona” jamoasi Ispaniya chempionati 26-turida “Sevilya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, barcha musobaqalardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 34 uchrashuvga yetkazdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Barselona” so‘nggi 34 o‘yinda 28 g‘alaba va olti durang qayd etdi. Shu tariqa, kataloniyaliklar 1988/89-yilgi mavsumda Madridning “Real” klubi tomonidan qayd etilgan davomiyligi 34 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani takrorlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha mavsumda “Real” Ispaniya chempioni bo‘lib, Chempionlar Kubogi (hozirgi Chempionlar Ligasi) yarim finaliga qadar borgandi.
Qayd etish joiz, so‘nggi bor Luis Enrike jamoasi 2015-yilning 3-oktabr kuni “Sevilya”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)