Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Angren—Pop” temiryo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida xitoylik hamkorlar tomonidan qurilgan tunnelining biriktirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda marosimda qatnashgan Facebook foydalanuvchisi Zafar Arslonov o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Zafar Arslonov

Foto: Facebook / Zafar Arslonov

Zafar Arslonovning yozishicha, Qamchiq tunnelini biriktirish marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov, Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Sun Litsze, Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov qatnashgan.

Foto: Facebook / Zafar Arslonov

Foto: Facebook / Zafar Arslonov

“Yuqori martabali mehmonlar 19 kilometrli tunnelni kesib o‘tdi”, — deb yozadi Zafar Arslonov.

Foto: Facebook / Zafar Arslonov

Foto: Facebook / Zafar Arslonov

Foto: Facebook / Zafar Arslonov

Foto: Facebook / Zafar Arslonov

Ma’lumot uchun, 2013-yilda Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi Qamchiq dovonidan o‘tuvchi, umumiy qiymati 455 million dollar bo‘lgan 19 kilometrlik tunnel va favqulodda holatlar uchun qiya tunnel qurish majburiyatini olgan edi.

2015-yilning avgustida asosiy tunnelning 13 kilometr, qo‘shimcha tunnelda 14 kilometr qazish ishlari bajarilgani, asosiy tunnelning 8,6 kilometrlik qismida pardozlash ishlari amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgandi.

Dastlabki reja bo‘yicha qurilishi 2016-yil iyulida yakuniga yetishi kerak bo‘lgan tunnel, “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jahon reytingida tog‘li hududlarda joylashgan tunnellar orasida 8-o‘rinda, tunneldagi temir yo‘l polotnosi uzunligi bo‘yicha esa 13-o‘rinda turadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)