2007-yilning yanvaridan 2016-yilning 25-fevraliga qadar 52 mamlakat va hududda Zika virusining tarqalishi qayd etilgan. Bu haqda 26-fevral, juma kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Tashkilotning Jenevada chop etilgan axborot byulletenida ta’kidlanishicha, 52 mamlakat va hududdan Zika virusi haqida oxirgi xabar qilganlar uchta orollar davlati – Marshall orollari, Trinidad va Tobago, Sent-Vinsent va Grenadinlardir. U yerlarga Zika virusi aynan qachon kirib kelganligi ma’lum qilinmagan.
Biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bundan avvalgi byulletenidagi davlatlar ro‘yxatida ular qayd etilmagan edi.
Tashkilotning ta’kidlashicha, virus Garbiy Yarim sharda ilk bor 2015-yilda aniqlangandan buyon uning tarqalish geografiyasi kengayib bormoqda.
Izoh (0)