Rossiyaning Nigeriyadagi elchixonasi mamlakat suv hududida bo‘lgan kema ekipajining rossiyalik a’zosi garovga olinganligini tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Haqiqatan ham Nigeriya suv hududida bo‘lgan Bourbon kemasiga qaroqchilar tomonidan hujum qilingan. Ekipaj a’zolaridan ikki nafari o‘g‘irlab ketilgan. Ulardan biri rossiyalik, ikkinchisi esa nigeriyalikdir”, — dedi elchixona press-attashesi Artyom Romanov.
Elchixona ma’lumotlariga qaraganda, hujum 23-fevral kuni yuz bergan. Hozirgi paytda rossiyalikning shaxsiga oid qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q, uning qayerda ekanligini aniqlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Izoh (0)