Nepalning favqulodda xizmatlari Tara Air kompaniyasining kichik yo‘lovchi samolyoti qulagani taxmin qilinayotgan hududga o‘z qutqaruvchilarini yo‘lladi. Bu haqda, Mustang tumani politsiyasi rahbari Xarixar Yogining so‘zlariga tayanib, “TASS” axborot berdi.
Ilgariroq xabar qilinganidek, Tara Air aviakompaniyasining Twin Otter samolyoti dispetcherlar bilan aloqani yo‘qotib qo‘ygan, shundan beri undan xabar olish imkoniyati bo‘lmagan. Bortida 18 yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot Pokxaradan Jomsom shahriga parvozni amalga oshirayotgan edi.
“Samolyot yo‘nalishi davomida qo‘nish joylari mavjud emas, – dedi Xarixar Yogi. – Shu bois samolyot halokatga uchragan deb hisoblamoqdamiz”.
Mahalliy aholi vakillari bergan ma’lumotlar asosida samolyot Nepal janubidagi Miagadi va Mustang tumanlari chegarasidagi Rupsi qishlog‘ida qulagan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)