AQSh prezidenti Barak Obama ma’muriyati Kongressga murojaat qilib, Zika virusi tashuvchilari bo‘lgan chivinlarga qarshi kurashga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni so‘radi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “RBK” nashri yozmoqda.
Parlamentdan bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar uchun umumiy miqdorda 1,8 milliard dollar ajratish so‘ralmoqda. Bu mablag‘ testlar va vaksinalar samaradorligini o‘stirish hamda ularni yetarli miqdorda ishlab chiqarishga sarflanadi.
Bundan tashqari, Oq Uy Kongressdan Ebola bezgagiga qarshi kurash maqsadlariga ajratilgan mablag‘ning bir qismini Zika virusiga qarshi chora-tadbirlarga yo‘naltirishga ruxsat so‘radi.
Izoh (0)