UTair aviakompaniyasiga qarashli Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti germetiklikning buzilishi tufayli Vnukovo aeroportida avariya holatida qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Samolyot Moskva—Kogalim yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan, biroq havoda 24 daqiqa bo‘lgandan so‘ng poytaxt aeroportiga qaytgan.Hodisa natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)