Rossiyaning Pskov viloyatida o‘tkazilayotgan harbiy desant kuchlarining harbiy mashg‘ulotlari chog‘ida ikki desantchi 400 metr balandlikda bir-birini tutib olib, bitta zaxira parashyutidan foydalangan holda yerga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” agentligi xabar berdi.
Voqea 17-fevral kuni Il-76 rusumli samolyotdan desant tashlash mashqlari amalga oshirilayotgan chog‘da sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, asosiy parashyutlar ochilishi bilan ikki desantchining parashyutlari turli sabablarga ko‘ra nosozligi aniqlangan. Harbiylar havoda mardonavor harakat qilib, bir-biriga yordam qo‘lini uzatgan va zaxira parashyuti yordamida eson-omon yerga kelib tushgan.
Bunday xatti-harakatlari tufayli harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligining “Armiya generali V. F. Margelov” medallari bilan taqdirlangan.
Pskovdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari 15-fevral kuni boshlangan edi. Ular 20-fevralga qadar davom etishi kutilmoqda.
Izoh (0)