Rossiya Federatsiyasi tergov qo‘mitasi Sinay osmonida halokatga uchragan Airbus A321 layneri bilan bog‘liq ishni “Transport xavfsizligi qoidalarining buzilishi” moddasi bo‘yicha taftish qilmoqda. “RIA Novosti” agentligining Moskva sudi materiallariga tayanib ma’lum qilishicha, ish shu paytga qadar “Terakt” moddasiga ko‘chirilmagan.
Sudya Yelena Lenskaya sudga taqdim etilgan materiallarni o‘qib eshittirdi, bu materiallar orasida jinoiy ish qo‘zg‘atish hamda tergov muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorlar ham bo‘lgan.
Hujjatlarga muvofiq, ish hozirga qadar “Harakat xavfsizligi va havo transporti ekspluatatsiyasi qoidalarining buzilishi” hamda “Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish” moddalari bo‘yicha ko‘rib chiqilmoqda.
Ishchi guruh 59 tergovchidan iborat. Ularga polkovnik Aleksandr Izbenko boshchilik qilmoqda.
Izoh (0)