Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Kongressi Shimoliy Koreya va Eron tomonidan hujum qilingan taqdirda, mamlakat o‘zini ballistik raketa zarbalaridan himoya qila olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Kongress Bosh nazorat boshqarmasining hisobotida qayd etilgan ma’lumotlarga tayangan holda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.

Foto: “1080plus.com”

Foto: “1080plus.com”

Vashington havo mudofaasi tizimini mustahkamlash hamda Pxenyan va Tehrondan bo‘lgan xavf bilan bog‘liq muammoning eng samarali iqtisodiy yechimini ishlab chiqish niyatida.

AQShni ballistik raketa zarbalaridan himoya qilish – milliy xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Kongressining Palata vakillari yadroviy va raketa dasturlari sababli KXDRga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni kengaytirishga imkon beradigan qonun loyihasini qabul qilib, KXDR sun’iy yo‘ldoshli raketa uchirganiga javoban Janubiy Koreya hududida vaqtincha qo‘shimcha raketaga qarshi himoya batareyasini joylashtirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi