Rossiya banki raisining birinchi o‘rinbosari Sergey Shvetsov aholi iqtisodiy inqiroz sharoitida bir nechtalab televizor xarid qilmasdan, xarajatlarni qisqartirishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
“Aholi ertaga ish o‘rnini yo‘qotishi mumkinligini tushunishi lozim. Shuning uchun jamg‘arishga moyillik iste’mol qilishga moyillikdan ustunlik qilishi lozim”, — dedi Shvetsov.
“Agar iqtisodiy inqiroz kechayotgan bo‘lsa, aholi bir nechtalab televizor va kir yuvish mashinasini xarid qilmasdan, vaziyatga muvofiq harakat qilishi lozim”, — deb ta’kidladi Sergey Shvetsov.
2015-yilning kuzida Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan 2016—2018-yillar uchun taqdim etilgan makroiqtisodiy bashoratga qaraganda, yaqin ikki yil ichida rossiyaliklarning daromadi pasayishda davom etadi.
Izoh (0)