Rossiya yuk mashinalarining Ukraina hududidan Belarusga kirish yo‘li ochildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Rossiyalik yuk tashuvchilarning ma’lum qilishicha, 14-fevral kunining ikkinchi yarmida Rossiya transport vositalarini Domanovo—Mokrani avtomobillarni o‘tkazish punkti orqali o‘tkazish boshlangan.
Avtomobillarni o‘tkazish faqat Ukraina hududidan Belarus Respublikasi tomonga amalga oshirilmoqda. Belarus chegarachilari hozircha ushbu ma’lumotni tasdiqlamagan.
Hozirgi paytda Ukrainaning turli hududlarida Rossiyaning 100 dan ortiq yuk mashinasi to‘xtatib qo‘yilgan. 14-fevral kuni Rossiya Ukrainaning ushbu harakatiga javoban Ukraina yuk mashinalarining mamlakat hududida harakatlanishini to‘xtatib qo‘ydi.
Izoh (0)