Britaniyadagi Qishloq hayoti muzeyida (Museum of English Rural Life) 155 yil oldin ishlab chiqarilgan va sichqon ovlashga mo‘ljallangan qopqon ishga tushdi. Bu haqda Gizmodo xabar qilmoqda.
Tuzoqqa ozuqa izlab kirgan sichqon 4-fevral, payshanba kuni o‘lik holda topildi.
Riding universiteti hududida joylashgan muzeyda 100 yildan beri ishlatilmagan qopqon namoyishga qo‘yilgan edi. Muzey va universitetning mutaxassislari sichqondan tulum yasab, uni hozirga qadar yaroqli ekanligini isbotlash uchun qopqonning yoniga qo‘yishga qaror qildi.
Perpetual (doimiy, abadiy, ― “Daryo” izohi) deb nomlangan qopqon britaniyalik Kolin Pullinjer tomonidan yaratilgan. Qurilmaning dizayni uchun 1861-yilda patent berilgan. Seesaw mexanizmi asosida ishlaydigan “shafqatli qopqon”, ichiga kirib qolgan sichqonni o‘ldirmasdan, uni panjaraning ichiga qamab qo‘yadi.
Izoh (0)