Moskva Rossiya Suriyadagi fuqarolar urushiga chek qo‘yishga qaratilgan urinishlarni yo‘qqa chiqarayotgani haqidagi Londonning bayonotini “bo‘hton tarqatish” deya baholadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond Reuters agentligiga bergan intervyusida Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadga ko‘rsatayotgan ko‘mak mamlakatda fuqarolar urushi uchun sharoit yaratayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Suriyada bombardimonlarni boshlaganidan so‘ng odamlar mamlakatdan qochib keta boshladi, rus aviatsiyasi nishonlarining 30 foizigina IShID bazalariga aloqador.