Xonanda Dilfuza Ismoilovaning o‘z o‘g‘lini to‘yida qudasiga qilgan izhori va ta’zimi ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘lgan, aksariyat foydalanuvchilar tomonidan tanqid qilingan edi. Xonanda “Darakchi.uz”ga bergan intervyusida mazkur holatga to‘xtalib o‘tdi.
“O‘g‘limning to‘yiga begonalarni emas, yaqinlarimni chaqirgandim, ammo dasturxonimdan yeb-ichgan ayrim qabih niyatlilar nimalar qilib ketmadi, deysiz! Qudalarim bilan qarindoshman. Farzandlarimiz birga katta bo‘lgan. Yoshligidan shu qizni kelin qilish orzum edi. Kimdir shodligimni ko‘rolmadi”, — dedi Dilfuza Ismoilova.
“Qudamga chin dildan do‘stona aytgan izhorim va ta’zimimni noto‘g‘ri talqin qilib, videoni ijtimoy tarmoqlarga tarqatib yuborishdi. Aslida men shunday kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukrona aytgan edim — tarqatgan odam shu joyini kesib tashlagan. Shuncha yil oq yuvib, oq taragan qizi mening uyimda bir umrga qolyapti, ularga ta’zim qilmasam bo‘ladimi?!”, — dedi xonanda.
“Qudalarimga ta’zim qilganimni dushmanlarim ko‘rolmadi, chiday olmadi. Bunday nomard odamlarning ustidan “xa-xa” deb kulsam ham, “vax-xa-xa” deb kulsam ham kam”, — dedi Dilfuza Ismoilova.
Izoh (0)