“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan tasvirga olingan “Baron” filmi televideniye orqali serial ko‘rinishida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda film rejissori Rustam Sa’diyev “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi.
“Film televideniye orqali qachon efirga uzatilishini hozircha aniq ayta olmayman”, — dedi rejissor. Qayd etish joiz, film premyerasi 2016-yil 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tgandi.
“Uni televideniyeda serial ko‘rinishida bermoqchimiz. Ya’ni, 6—7 qismdan iborat “Baron” serialida filmga kiritilmagan sahnalarni ham tomosha qilish mumkin bo‘ladi”, — dedi Rustam Sa’diyev.
Qayd etish joiz, premyeradan bir hafta o‘tar-o‘tmas filmning kontrafakt nusxasi “videoqaroqchilar” tomonidan bozorlarga chiqarib yuborildi. “O‘zbekkino” bayonotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ish olib bormoqda.
Izoh (0)