XXR Mudofaa vazirligi Amerika Harbiy-dengiz kuchlari esminetsining Parasel orollari yaqinida paydo bo‘lishi munosabati bilan AQShga e’tiroz bildirdi. Bu haqda boshqarma rasmiy vakili Yan Yuyszyunning bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, “AQSh tomonining bu kabi harakatlari professional bo‘lmagan va mas’uliyatsiz harakatlardir”. U, shuningdek, bunday harakatlar xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Avvalroq Pentagon AQSh Harbiy-dengiz kuchlari esminetsi USS Curtis Wilbur kemalar qatnovi erkinligi operatsiyasi doirasida Parasel orollaridan biriga yaqinlashganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)