ZiyoNET portali tomonidan tashkillashtirilgan “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasi yarim yildan ortiq davom etmoqda. O‘tgan vaqt davomida O‘zbekistonning 400 ga yaqin madaniy, tarixiy va tabiat obyektlari bazasini shakllantirishga erishildi. Ulardan eng mashhurlari uchun 23 mingdan ortiq ovoz berilgan. Bu haqda ZiyoNET matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Bugungi kunda “O‘zbekistonning madaniy merosi” bo‘limi mustaqil “Meros.uz” loyihasiga aylandi va mamlakatda joylashgan madaniy va tarixiy joylar bo‘yicha yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
ZiyoNET portalining “O‘zbekistonning madaniy merosi” bo‘limida ovoz berish natijalariga ko‘ra, quyidagi yetakchilar yettiligi shakllandi:
- Registon ansambli
- V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi
- Toshkent teleminorasi
- Simpoziumlar saroyi
- Mirzo Ulug‘bek muzeyi va rasadxonasi
- Go‘ri Amir maqbarasi
- Ichan Qal’a
Izoh (0)