2016-yilning 27-yanvar kunidagi savdolar davomida Xitoyning Shanghai Composite asosiy fond indeksi to‘rt foizdan ortiqqa pasayib, 2638 ta punktgacha tushdi. Bu esa 2014-yilning 1-dekabridan buyon eng yomon natijani tashkil etdi, deb xabar beradi “RBK”.
26-yanvar kuni Shanghai Composite olti foizdan ko‘proqqa arzonlashgan. Chart Partners Group’ning boshqaruvchi direktori Tomas Shreder kelajakda indeksning qiymati 2400 ta punktgacha tushishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Reuters tahlilchilarining hisob-kitobiga qaraganda, faqat 2016-yilning boshidan buyon fond bozorida savdo qilinayotgan Xitoy kompaniyalari aksiyalarining umumiy qiymati taxminan 13 trillion yuan yoki 2 trillion dollarga tushib ketgan.
Izoh (0)