Tailandda havo haroratining keskin pasayib ketishi qirollikning shimoliy va markaziy provinsiyalarida besh kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda Thai PBS telekanali ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar beradi.
Sovuq qurbonlarining aksariyati keksa yoshdagi yolg‘iz kishilar ekanligi ta’kidlanmoqda. Tongda ular uylaridagi oshxona pechi yaqinidan, isinishga urinib, o‘ranib o‘tirgan holda topilgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, ularning o‘limiga sovqotish natijasida kuchayib ketgan surunkali xastaliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Tailand subekvatorial mintaqada joylashganligi uchun aholining aksariyat uylari past haroratga moslashmagan.
Tailand meteorologik departamentining ma’lum qilishicha, ob-havodagi o‘zgarish qirollik hududiga o‘tgan 24-yanvar, yakshanba kuni Xitoy tomondan kirib kelgan antisiklonning ta’sirida yuzaga kelmoqda.
Izoh (0)