Suriyaning Xoms shahrida yuz bergan ikki karra terakt oqibatida 22 kishi qurbon bo‘ldi, yuzdan ortiq kishi yaralandi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Qurbonlar orasida fuqarolar ham borligi ma’lum qilindi.
Suriya OAVlarining ma’lum qilishicha, terakt shaharning Az-Zahra kvartalidagi harbiylarning nazorat-o‘tkazish punktiga qarata uyushtirilgan.
Oldinroq Suriyaning Aleppo shahrida yuz bergan terakt oqibatida 23 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)